CRM joriy etish
Bitrix24 yoki amoCRM. Voronka, avtomatik vazifalar, hisobotlar. Har bir lid o'z bosqichida turadi — hech kim «unutib qo'ydim» demaydi.
Namangan · 2026-yil yanvardan beri
CRM, IP telefoniya, SMS rassilka va AI agent — alohida emas, bir-biriga ulangan holda ishlaydi. Lid yo'qolmaydi, operator adashmaydi, siz har bir qo'ng'iroqni ko'rib turasiz.
Xizmatlar
Bittasini alohida ham qilamiz, hammasini birga ham. Lekin eng kuchli natija — ular bir-biriga ulanganda chiqadi.
Bitrix24 yoki amoCRM. Voronka, avtomatik vazifalar, hisobotlar. Har bir lid o'z bosqichida turadi — hech kim «unutib qo'ydim» demaydi.
Qo'ng'iroqlar CRM ichida yoziladi. Kim necha marta qo'ng'iroq qilgan, javobsiz qolgani bormi — hammasi ko'rinadi.
Baza bo'yicha avtomatik xabar: buyurtma holati, eslatma, aksiya. CRM bosqichi o'zgarganda o'zi jo'naydi.
Mijozning savoliga tunda ham javob beradi, lidni saralaydi va tayyor holda operatorga uzatadi. Sizning biznesingiz tilida gapiradi.
Reklamada bir marta ko'rgan odam yodda saqlaydigan raqam. Tanlab, rasmiylashtirib, tizimga ulab beramiz.
Odam yo'qmi — topib beramiz. Skript yozamiz, qo'ng'iroqlarni tinglab, jamoani sotishga o'rgatamiz.
Jarayon
Bosqichlar ketma-ket boradi. Har birining oxirida sizda aniq natija qoladi — hujjat, sxema yoki ishlaydigan tizim.
Savdongizni ichidan ko'ramiz: lid qayerdan keladi, qayerda yo'qoladi, operator nima deydi. Bepul.
Voronka, skript va tizim sxemasini chizamiz. Shu bosqichda narx va muddat aniq bo'ladi — keyin o'zgarmaydi.
CRM, telefoniya, SMS va AI agentni ulaymiz. Test qo'ng'iroqlari bilan hammasini tekshiramiz.
Jamoangizni o'rgatamiz. Video qo'llanma va yozma skript sizda qoladi — yangi xodim kelsa ham ishlaydi.
Ishga tushirgandan keyin ham aloqadamiz. Savdoni oshiradigan yangi instrument chiqsa — sizga birinchi bo'lib sinab ko'ramiz.
Nega biz
Ko'p joyda tizim ulanadi-yu, uch oydan keyin hech kim ishlatmaydi. Bizda ishning asosiy qismi aynan shundan keyin boshlanadi.
Tizimda muammo chiqsa — yozasiz, hal qilamiz. Har safar yangi shartnoma tuzib o'tirmaysiz.
Savdoni oshiradigan yangi instrument chiqsa, mijozlarimizga darhol taklif qilamiz va o'rnatib beramiz.
Skript, qo'llanma va sozlamalar hujjatlashtiriladi. Xodim ketsa ham savdo bo'limi to'xtamaydi.
Jamoangiz qaysi tilda qulay bo'lsa, shu tilda o'qitamiz va hujjatlarni shu tilda beramiz.
Savol-javob
Biznesingizga qarab. Audit paytida ikkalasini sizning jarayoningizga solib taqqoslaymiz va nega aynan shu birini tanlaganimizni ko'rsatamiz.
Eng ko'p uchraydigan holat. Bazani saqlab qolib, voronka va sozlamalarni qaytadan quramiz, keyin jamoani o'qitamiz. Ko'pincha muammo dasturda emas — jarayonda bo'ladi.
Ha. Bir kishilik savdo uchun ham tizim quramiz — keyin odam qo'shsangiz, tayyor jarayonga qo'shasiz. Kerak bo'lsa operator ham topib beramiz.
Loyiha hajmiga bog'liq. Audit bepul — undan keyin aniq muddat va aniq narxni yozma ko'rinishda beramiz.
Ha. Ishning katta qismi masofadan bajariladi, kerak bo'lganda joyiga chiqamiz.
Arizangiz tayyor. Tezroq bo'lishi uchun ma'lumotlar nusxalandi — pastdagi tugma orqali Telegramga yuboring.